» » Andijon shahridagi ko‘p qavatli uylardan biri alanga oldi (foto+video)

Andijon shahridagi ko‘p qavatli uylardan biri alanga oldi (foto+video)


15-iyun kuni ertalab Andijon shahridagi 1-kichik daha, “Yoyilma” mahallasida joylashgan to‘rt qavatli 1-uyning tom qismida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining ma’lum qilishicha, mazkur yong‘inda halok bo‘lgan va jarohatlanganlar yo‘q. Aholining uylariga yong‘in tutashmagan.

Yong‘in haqidagi xabar Favqullodda vaziyatlar boshqarmasi Yong‘in xavfsizligi bo‘yicha navbatchilik qismiga soat 09.10 da kelib tushgan va zudlik bilan hodisa joyiga jami 12 ta, 10 ta asosiy va 2 ta maxsus yong‘in o‘chirish avtomobillari jalb etilgan.

Birinchi mashina hodisa joyiga 09.17 da yetib borgan. O‘t o‘chiruvchilar tomonidan qurshovga olingan yong‘in soat 09.55 da butunlay bartaraf etilgan.

Yong‘in sodir bo‘lgan mazkur huddudga viloyatning mutasaddi rahbarlari yetib borib, vaziyatni nazoratga olgan. Shuningdek, tez tibbiy xizmati va yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlari o‘z vazifalarini bajarmoqda.

Yong‘inning kelib chiqish sababi va yetkazilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-06-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют