» » Otabek Umarov qaynonasi Ziroatxon Mirziyoyevani tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

Otabek Umarov qaynonasi Ziroatxon Mirziyoyevani tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kichik kuyovi Otabek Umarov 4-dekabr kuni Instagram’dagi sahifasida qaynonasi Ziroatxon Mirziyoyevani tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.

Otabek Umarov o‘z sahifasiga Ziroatxon Mirziyoyevaning rasmini joylagan va unga “Ilohim baxtimizga sog‘ bo‘ling!”, — deya izoh qoldirgan.

Otabek Umarov Prezident oilasining ijtimoiy tarmoqlardagi eng faol vakili bo‘lib, bojasi Oybek Tursunovni 24-noyabr kuni tavallud kuni bilan tabriklagan edi (to‘ng‘ich kuyov necha yoshga to‘lgani ma’lum emas). Avvalroq 4-noyabr kuni Otabek Umarov bojasining rafiqasi Saida Mirziyoyevani, 8-avgust kuni o‘z rafiqasi Shahnoza Mirziyoyevani, 1-avgustda o‘z onasini tavallud kunlari bilan qutlagan edi. 28-oktabrda esa oila qurganliklariga 12 yil to‘lgani munosabati bilan Otabek Umarov va Shahnoza Mirziyoyeva bir-birlarini tabriklashgan edi (aytmoqchi, Otabek Umarov 17-sentabrda to‘ng‘ich qizi Ma’rifatxonni 11 yoshga to‘lgani bilan, 29-oktabrda esa kenja qizi Raniyani ham tug‘ilgan bilan kuni tabriklagan).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-12-2019, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют