» » O‘zbekistonda sanitar aviatsiya shaklida shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi e’lon qilindi

O‘zbekistonda sanitar aviatsiya shaklida shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi e’lon qilindi


O‘zbekistonda sanitar aviatsiya shaklida shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish tartibini tasdiqlash rejalashtirilmoqda. O‘zbekiston sog‘liqni salqash vaziri tomonidan tasdiqlanadigan tegishli hujjat loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.

Qaror yoki buyruq shaklida qabul qilinishi rejalashtirilayotgan hujjat loyihasiga ko‘ra, shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishda sanitar aviatsiya (samolyot va vertolyot)dan foydalanishda Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamkorligida aviatsiya xizmatlarini xarid qiladi va Respublika tez tibbiy yordam koordinatsion dispetcherlik xizmati buyurtmasi asosida xizmatni amalga oshiradi.

Sanitar aviatsiyadan foydalanishdan ko‘zlanayotgan maqsad buyurtma asosida shoshilinch holatlarda bemorlarga tezkor yordam berish, bemorlarni tashish hisoblanadi.

Hujjatga ko‘ra, sanitar aviatsiyasi shaklida shoshilinch tibbiy yordam berish O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 16-oktabrdagi 3973-sonli qarori va Sog‘liqni saqlash vazirligi buyrug‘i asosida olib boriladi.

Sanitar aviatsiyasi shaklidagi shoshilinch tibbiy yordamning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan:

Sanitar aviatsiyada uchuvchi mutaxassislarning mehnat sharoiti va xavfsizligi O‘zbekiston qonunlarida o‘rnatilgan tartib asosida amalga oshiriladi va baxtsiz hodisalar bo‘yicha sug‘urtalanadi.

Sanitar aviatsiya samolyoti va vertolyotida uchuvchi mutaxassislarning ish haqi asosiy ish joyidan to‘lanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-12-2019, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 14) ( 0) ( 12) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют