» » Foto: “Yunusobod” metrosining davomidagi tunnellar teshib bo‘lindi. Yangi bekatlar dekabr oxirigacha tayyor bo‘lishi kutilmoqda

Foto: “Yunusobod” metrosining davomidagi tunnellar teshib bo‘lindi. Yangi bekatlar dekabr oxirigacha tayyor bo‘lishi kutilmoqda


Toshkent metrosining Yunusobod yo‘nalishida ikkita yangi bekat qurilishi bo‘yicha olib borilayotgan qurilish ishlari doirasida ikkinchi tunnelda burg‘ulash ishlari yakuniga yetkazildi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, hozirgi kunda Yunusobod yo‘nalishining o‘ng tunnelida burg‘ulash ishlari tugatilib, mavjud bo‘lgan “Shahriston” bekati bilan ulash ishlari boshlab yuborildi.

Qayd etilishicha, muhandislik-kommunikatsiya tizimlarini sozlash, mavjud bo‘lgan “Shahriston” hamda qurilayotgan “Turkiston” va “Yunusobod” bekatlarini birlashtirish, shuningdek, temir izlarini yotqizish ishlari davom etmoqda.

Bugungi kunga kelib ushbu qurilish loyihasi doirasida amalga oshirilgan umumiy ish hajmining 90 foizdan ortig‘i bajarilgan. Qurilish belgilangan jadvalga muvofiq amalga oshirib kelinmoqda va joriy yil oxiriga qadar “Turkiston” bekatiga sinov tariqasida poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan. 2020-yilda esa yo‘lovchilar uchun poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi yerusti metrosi qurilishi bilan tanishdi (foto)

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishgan edi. Qurilishga Germaniya texnologiyasi va mutaxassislari jalb etilgan.

Mavzuga doir: Toshkent metropolitenida vagondan vagonga o‘tadigan yangi poyezdlar ishga tushdi (fotoreportaj)

Ma’lumot uchun, Yunusobod yo‘nalishi esa 2001-yil 24-oktabrda dastlabki olti bekat — “Mingo‘rik”, “Yunus Rajabiy”, “Abdulla Qodiriy”, “Minor”, “Bodomzor”, “Habib Abdullayev” nomlari bilan foydalanishga topshirilgan.

Mavzuga doir:

Fotoreportaj: Toshkent metropoliteni 42 yoshga to‘ldi

Toshkent metropoliteni — bekatlarining nomi juda ko‘p o‘zgargan yerosti saroyi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-12-2019, 07:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют