» » Yunusobod metro liniyasida dastlabki burg'ulash ishlari yakunlandi

Yunusobod metro liniyasida dastlabki burg'ulash ishlari yakunlandi


19-may kuni Toshkent metropolitenining Yunusobod yunalishida yopiq usulda qurilayotgan yangi stansiyalar oralig‘idagi tunnelning birinchi yo‘nalishida uzunligi qariyib 1,5 kilometrlik burg‘ulash ishlari yakunlandi, deb xabar berdi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati.

Germaniyadan keltirilgan “Herrenknecht” rusumli tunnel burg'ulash texnikasi yordamida 938 komplekt temir-beton xalqalar o'rnatilib, Yunusobod liniyasining “Shahriston” bekati bilan ulanish uchun tayyorlangan maxsus qismiga yetib keldi.

Ayni paytda poytaxtning Yunusobod yo‘nalishida 2-bosqich qurilishi davom etmoqda. Ta’kidlash joiz, yangi yo‘lning umumiy uzunligi 2,93 kilometrni tashkil etadi. Bugungi kunda metroning tunnel qurilish-montaj ishlari ochiq va yopiq usulda olib borilmoqda. Mazkur yer osti qurilish ishlarida “Ko‘prikqurilish tresti” unitar korxonasining 67-Ko‘prikqurilish otryadi jamoasi tomonidan amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda ushbu obyektga 180 dan ortiq malakali muhandis va mutaxassislar 40 ga yaqin zamonaviy maxsus texnika va mexanizmlarda kechayu-kunduz, uzluksiz ish olib bormoqda. Tonnelning ochiq usuldagi  qurilishlari deyarli yakuniga yetkazildi.

Loyiha 2019-yil oxirigacha to‘la nihoyasiga yetkazilishi ko‘zda tutilgan. Ushbu bunyodkorlik ishlari nihoyasiga yetkazilgach, Yunusobod metro yo‘nalishiga yana ikkita bekat qo‘shiladi. Bular “Yunusobod” va “Turkiston” bekatlari bo‘lib, har ikkisi ham sharqona me’morchilik an’analari asosida barpo etilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 42) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют