» » Foto: Ilon Maskning Los-Anjelesda tunnel qurish uchun mo‘ljallangan burg‘ulash mashinasi

Foto: Ilon Maskning Los-Anjelesda tunnel qurish uchun mo‘ljallangan burg‘ulash mashinasi


SpaceX xodimi o‘zining Instagram’dagi sahifasiga Tesla asoschisi va rahbari Ilon Mask tomonidan Los-Anjelesda tunnel qurilishi uchun ishlatiladigan burg‘ulash mashinasining birinchi suratini joylashtirdi. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Surat muallifi surat ostiga “burg‘ulashning yana bir (zerikarli) kuni”, deb izoh qoldirgan. fotosuratga boshqa hech qanday tushuntirish berilmagan.

Qurilmaga The Boring Company (Burg‘ulash kompaniyasi, ingliz tilida “Zerikarli kompaniya”ga ohangdosh) kompaniyasining ramzi tushirilgan. Kompaniya Ilon Maskga tegishli bo‘lib, transport tunnellarini qurish bilan shug‘ullanadi.

SpaceX xodimi tomonidan joylangan suratga OAVlar e’tibor qaratdi. Surat katta aks sado bera boshlagach, xodim suratni o‘chirib, akkauntini yopiq qilib qo‘ydi. Uning nima uchun bunday qilganligi noma’lum.

Fevral oyida Mask Bloomberg nashriga burg‘ulash mashinasi tayyor bo‘lgani va foydalanilayotganini ma’lum qilgan. Uning vazni 1,2 ming tonna, diametri 7,9 metr, uzunligi 121,9 metrni tashkil qiladi. SpaceX asoschisi mashinani Nanni deb nomlagan.

Suratdagi haqiqatdan ham Nannimi yoki yo‘qligi noma’lum. SpaceX vakili bu haqdagi so‘rovga javob bermagan. Suratdagi qurilma mashinaning bir qismi deb taxmin qilinmoqda. SpaceX oldidagi maydondan Los-Anjeles aeroportigacha tunnel qazish fikri Maskda 2016-yil dekabrida tug‘ilgan. Bu vaqtda u tirbandlikda qolib ketgan va kelajakda uni chetlab o‘tish uchun loyihani o‘ylab topgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-04-2017, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют