» » Saudi Aramco aksiyalarining yakuniy narxi belgilandi. Endi u dunyodagi eng qimmat kompaniyaga aylanishi mumkin

Saudi Aramco aksiyalarining yakuniy narxi belgilandi. Endi u dunyodagi eng qimmat kompaniyaga aylanishi mumkin


Saudiya Arabistonining Saudi Aramco davlat neft kompaniyasi IPO doirasida aksiyalarining yakuniy narxini belgiladi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Ushbu narx bir aksiya uchun 32 riyal yoki 8,53 dollarni tashkil etdi.

Kompaniya aksiyalariga investorlardan talabnomalar yig‘ish 17-noyabrda boshlanib, 4-dekabrda yakunlandi. IPO Saudiya fond birjasida bo‘lib o‘tmoqda. 12-dekabrda boshlanadigan savdolarga kompaniyaning 3 milliard aksiyasi (ustav kapitalining 1,5 foizi) qo‘yiladi.

Saudiya Arabistoni hukumati aksiyalar uchun 25,6 milliard dollarni qo‘lga kiritadi. Shu tariqa, Saudi Aramco’ning umumiy qiymati 1,7 trillion dollarga yetadi va u dunyodagi eng qimmat kompaniyaga aylanadi.

Saudi Aramco neft zavodlariga hujum haqida

Sentabrda Saudiya Arabistonidagi Saudi Aramco neft zavodlariga hujum uyushtirilishi natijasida mamlakatda neftni ishlab chiqarish ikki baravarga qisqargan. Dronlar hujumi bo‘yicha mas’uliyatni Yamandagi xusiy jangarilari o‘z zimmasiga olgan, keyinroq AQSh hamda Saudiya Arabistoni ushbu hujumlar ortida Eron turganini bildirgan.

11-oktabrda Qizil dengizda Saudiya Arabistonining Jidda portiga yaqin hududda Eron neft tankeriga hujum uyushtirilgan va kemadagi neftning muayyan miqdori suvga oqqan. Tehron ushbu hujum ortida AQSh, Isroil va Saudiya Arabistoni turganini bildirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-12-2019, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют