» » APL. Noyabr oyining eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi nomiga da’vogarlar ma’lum bo‘ldi

APL. Noyabr oyining eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi nomiga da’vogarlar ma’lum bo‘ldi


Angliya Premyer Ligasining noyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi va murabbiyini aniqlash uchun so‘rovnoma boshlandi.

Eng yaxshi o‘yinchi bo‘lishga yettita futbolchi da’vogar bo‘lib turibdi. Mazkur ro‘yxatda “Tottenhem” va “Lester”dan ikkitadan futbolchi bor.

Dele Alli (“Tottenhem”) — 4 ta o‘yinda 3 gol va 1 samarali uzatma

Raul Ximenes (“Vulverhempton”) — 3 ta o‘yinda 3 gol

Sadio Mane (“Liverpul”) — 4 ta o‘yinda 3 gol va 1 smarali uzatma

Li Musse (“Sheffild Yunayted”) — 3 o‘yinda 1 gol va 3 samarali uzatma

Son Hyon Min (“Tottenhem”) — 4 o‘yinda 2 gol va 4 smarali uzatma

Chaglar So‘yunchu (“Lester”) — 3 o‘yinda 1 gol va 3 quruq o‘yin

Jeymi Vardi (“Lester”) — 3 o‘yinda 3 gol va 2 samarali uzatma

Eng yaxshi murabbiy nomi uchun esa to‘rtta mutaxassis kurash olib boradi.

Noyabr oyida g‘alabali seriya qayd etgan Yurgen Klopp va Brendan Rojers qatoridan “Sheffild Yunayted” ustozi Kris Uaylder ham o‘rin oldi. Uaylder shogirdlari 3 o‘yinda bir g‘alaba qayd etdi. Shuningdek, uning jamoasi “Tottenhem” (1:1) va “Manchester Yunayted”ga (3:3) qarshi o‘yinlarda duranga erishdi.

Yurgen Klopp (“Liverpul”) — 4 o‘yin, 4 g‘alaba

Brendan Rojers (“Lester”) — 3 o‘yin, 3 g‘alaba

Nunu Eshpiritu Santu (“Vulverhempton”) — 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 durang

Kris Uaylder (“Sheffild Yunayted”) — 3 o‘yin, 1 g‘alaba, 2 durang



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-12-2019, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 110) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют