» » “Talimarjon” IESning bitta energobloki avariya holatida o‘chgani sababli bir qator viloyatlar elektr ta’minotidan uzildi

“Talimarjon” IESning bitta energobloki avariya holatida o‘chgani sababli bir qator viloyatlar elektr ta’minotidan uzildi


6-dekabr kuni soat 20:32da “Talimarjon” issiqlik elektr stansiyasida 800 mVtli 1-energoblok texnologik himoya ishlashi sababli avariya holatda o‘chdi. Bu haqda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ axborot xizmatiga tayanib O‘zA ma’lum qildi.

Buning natijasida Qashqadaryo, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo, Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarida avariyaga qarshi avtomatika tizimi orqali iste’molchilar vaqtincha tarmoqdan uzilgan.

Texnik holat tufayli yuz bergan nosozlikdan so‘ng darhol energetika tizimidagi mavjud zaxira quvvatlarini ishga solish evaziga elektr ta’minotidan uzilgan iste’molchilarga kuchlanish berish choralari ko‘rilgan.

Milliy dispetcherlik markaziga ma’lum qilingan xabarlarga ko‘ra, ayni paytda “Talimarjon” IES energoblokining avariya holatida o‘chish sabablari aniqlanib, ishga tushirish yuzasidan zarur choralar ko‘rilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-12-2019, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют