» » Liga 1. PSJ safarda irodali g‘alabaga erishdi

Liga 1. PSJ safarda irodali g‘alabaga erishdi


Futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 17-turida 7-dekabr, shanba kuni Tomas Tuxel qo‘l ostidagi Parijning PSJ klubi safarda “Monpelye”ni sinovdan o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida parijliklar yarim himoyachisi Leandro Paredes o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ygan bo‘lsa, Neymar (74), Kilian Mbappe (76) hamda Mauro Ikardi (81) birin-ketin raqib darvozasiga gol urdi.

Shu tariqa PSJ mehmonda kechgan bahsda “Monpelye” ustidan 3:1 hisobidagi irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Qayd etish joiz, o‘yinning 72-daqiqasida mezbon jamoa himoyachisi Pedru Mendesh hakam tomonidan qizil kartochka bilan jazolandi va maydondan chetlatildi.

Ma’lumot uchun, PSJ 39 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida yetakchilik qilmoqda. “Monpelye” esa 24 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda.

Liga 1

17-tur bahsi

7-dekabr, shanba

Gollar: 1:0 — 41, avtogol Paredes, 1:1 — 74 Neymar, 1:2 — 76 Mbappe, 1:3 — Ikardi

Monpelye”: Rulyi, Suke, Pedru Mendesh, Kongre, Oyongo, Savanye (Molle, 67), Le Tallek, Shotar, Ilton, Delor, Labord (Sambiya, 77)

PSJ: Navas, Menye, Tiago Silva, Kimpembe (Diallo, 18), Bernat, Guyye (Kuassi, 25), Sarabiya, Paredes, Mbappe (Shupo-Moting, 90), Ikardi, Neymar

Ogohlantirishlar: Pedru Mendesh (5), Diallo (42), Oyongo (45), Bernat (59), Shotar (79), Tiago Silva (83), Suke (85)

Chetlatish: Pedru Mendesh (72)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-12-2019, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют