» » Xalqaro valyuta jamg‘armasi Ukrainaga 5,5 mlrd dollar kredit beradigan bo‘ldi

Xalqaro valyuta jamg‘armasi Ukrainaga 5,5 mlrd dollar kredit beradigan bo‘ldi


Ukraina va Xalqaro valyuta jamg‘armasi hamkorlikning yangi dasturi haqida kelishuvga erishdi. Bu haqda mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiy ma’lum qildi, deya xabar beradi “Kommersant”.

“XVJ bilan yangi hamkorlik dasturi iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish, korrupsiyaga barham berish va har bir ukrainalikning farovonligini oshirishga qaratilgan”, — deya ta’kidladi Zelenskiy.

Jamg‘arma direktor-boshqaruvchisi Kristalina Georgiyevaga ko‘ra, kredit summasi 5,5 milliard dollarni tashkil etadi va uch yil muddatga mo‘ljallangan.

Mazkur kelishuv XVJ rahbariyati va boshqaruvchilar kengashi tomonidan ham ma’qullanishi lozim.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-12-2019, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 42) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют