» » “O‘zbekiston havo yo‘llari”ning bir necha qatnovlari tuman sababli ko‘chirildi va bekor qilindi

“O‘zbekiston havo yo‘llari”ning bir necha qatnovlari tuman sababli ko‘chirildi va bekor qilindi


“O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi ob-havo sharoitlari (tuman, ko‘rish darajasining yomonligi) sababli hozirgi vaqtda Namangan va Farg‘ona shaharlaridagi aeroportlar havo kemalarini qabul qilmasligini ma’lum qildi.

Shu sababli Namangan—Moskva yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qiluvchi HY-619 qatnovining uchishi 8-dekabr soat 19:15 dan 9-dekabr kuni soat 14:00 ga ko‘chirildi;

HY-606 (Moskva—Samarqand) qatnovining uchishi soat 01:25 dan 18:10 ga (9-dekabr) ko‘chirildi;

HY-42 (Samarqand—Toshkent) qatnovining uchishi soat 06:25 dan 10:00 ga (9-dekabr) ko‘chirildi, Toshkentga qo‘nish vaqti soat 10:40 da;

HY-95 (Toshkent—Namangan) qatnovining uchishi soat 08:35 dan 12:00 ga (9-dekabr) ko‘chirildi;

HY-690 qatnovi (Kaliningrad—Toshkent) komandiri Toshkentdagi Islom Karimov nomidagi aeroportda ko‘rinish yaxshi bo‘lmaganligi sababli samolyotni Navoiy shahridagi zaxira aeroportida qo‘ndirishga qaror qildi.

9-dekabrga mo‘ljallangan HY-96 (Namangan—Tashkent) aviareysi esa bekor qilindi.

“Ob-havo sharoitlari sabab yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz va tushunishingizdan umidvormiz”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-12-2019, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 23) ( 0) ( 22) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют