» » Buxoroda 12 nafar mahkumning jazosi yengillashtirildi

Buxoroda 12 nafar mahkumning jazosi yengillashtirildi


Buxoroda 12 nafar mahkumning jazoni o‘tash shartlari yengillashtirildi. Bu haqda Jinoyat ishlari bo‘yicha Kogon shahar sudi raisi Zarif Sherov “Daryo”ga ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, 7-dekabr, shanba kuni Buxoro viloyat IIB Jazoni ijro etish bo‘limining 1-sonli jazoni ijro etish koloniyasida sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tgan.

Sayyor sudda 12 nafar mahkumga nisbatan jazoni ijro etish muassasasi tomonidan kiritilgan taqdimnomalar ko‘rib chiqilgan va umumiy tartibli koloniyada jazoni o‘tayotgan mahkumlar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya Kodeksi 113-moddasiga asosan, manzil-koloniyaga o‘tkazilgan.

Sud ajrimi bilan mazkur 12 nafar mahkumning sodir etgan jinoyati uchun tayinlangan jazo muddatining asosiy qismini o‘tagani, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligi inobatga olingan.

Ma’lum qilinishicha, manzil-koloniyalarda mahkumlarga bir qator imtiyoz va yengilliklar mavjud. Ular soqchisiz, ammo nazorat ostida saqlanadi. Mahkumlar koloniya hududida erkin yurish huquqidan foydalanadi, shuningdek, ma’muriyat ruxsati bilan koloniya hududidan tashqarida nazoratsiz va fuqarolar kiyimida yurishi hamda cheklanmagan miqdorda telefon orqali so‘zlashishi ham mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-12-2019, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют