» » Sergelida Janubiy sanoat hududidagi yerni investorga 155 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi

Sergelida Janubiy sanoat hududidagi yerni investorga 155 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi


Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Sergeli tumani bo‘limi xodimlari tomonidan Janubiy sanoat hududida tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Tezkor tadbirda Sergeli tumani Janubiy sanoat hududidan “O.P.” MChJga investitsiya jalb qilib, ish o‘rinlarini yaratish majburiyatlari yuklangan holda qurilish mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxona tashkil etish uchun nol qiymatda ajratilgan umumiy maydoni 0,70 gektar bo‘lgan yer uchastkasida jamiyat ta’sischisi X.N. va boshqalar hech qanday qurilish ishlarini olib bormasdan, balki firibgarlik yo‘li bilan 155 000 AQSh dollariga sotishni rejalashtirib, kelishilgan summadan 10 000 AQSh dollarini fuqaro V.P.dan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, ushbu holat yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “O.P.” MChJ ta’sischisi X.N. va boshqalar tomonidan olingan majburiyat bajarilmasdan yer uchastkasidan boshqa maqsadlarda foydalanilganligi oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan “O.P.” MChJ ta’sischisi X.N. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-12-2019, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют