» » Yunusobod tumani hokimining qurilish ishlari bo‘yicha o‘rinbosari 5 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Yunusobod tumani hokimining qurilish ishlari bo‘yicha o‘rinbosari 5 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi


Yunusobod tumani hokimi o‘rinbosari pora bilan qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Yunusobod tumani hokimining qurilish ishlari bo‘yicha o‘rinbosari E.Z. fuqaro R.M.dan o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga egalik huquqini e’tirof etish bo‘yicha tuman hokimining qarorini chiqarib berish evaziga 5 000 AQSh dollarini pora tariqasida olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan 11-oktabrda Bosh prokuratura huzuridagi departament tomonidan E.Z.ga nisbatan JK 210-moddasi 2-qismi (“Pora olish”)“v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-10-2019, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 44) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют