» » Qumqo‘rg‘on tumani hokimining o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi

Qumqo‘rg‘on tumani hokimining o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi


Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumani hokimining o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi, viloyat prokuraturasi hamda viloyat DXX boshqarmasi xodimlari hamkorlikda fuqaro M.A.ning arizasiga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qumqo‘rg‘on tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari F.A. “Ayub Baraka servis” MCHJ rahbari M.A.dan Qumqo‘rg‘on tuman markazidan tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun 0,08 gektar yer maydonini noturar-joy sifatida berilishini va’da qilib, 5 ming dollarni pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan JKning 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-10-2018, 18:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 113) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют