» » Boysun tumani hokimi o‘rinbosari 100 dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Boysun tumani hokimi o‘rinbosari 100 dollar pora bilan qo‘lga tushdi


Surxondaryo viloyatining Boysun tumani hokimi o‘rinbosari 100 dollar miqdorida pora olayotganida qo‘lga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Avvaliga fuqarolar J.S. va X.P.larning murojaati yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Boysun tuman kadastr bo‘limi mutaxassisi S.A. fuqaro J.S.dan uning qarindoshi X.P.ning nomiga 0,30 ga lalmi yer uchastkasi ajratib berish evaziga 30 million so‘m pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

“Qo‘lga olingan S.A. yer ajratish bo‘yicha hujjatlarni tuman hokimiga imzolatishi uchun hokimning o‘rinbosari M.Sh.ga 100 AQSh dollari berishi kerakligini, qilmishidan pushaymonligini bildirib, mazkur jinoyatni fosh etishda faol ishtirok etishini ma’lum qilgan”, — deyiladi Bosh prokuratura axborotida.

Shunga asosan tezkor tadbir davom ettirilib, Boysun tuman hokimining o‘rinbosari M.Sh. tuman kadastr bo‘limi mutaxassisi S.A.dan 100 AQSh dollarini pora sifatida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2018, 23:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют