» » Jamshid Qo‘chqorov: “Agar foydali bo‘lsa, YeOIIga kiramiz”

Jamshid Qo‘chqorov: “Agar foydali bo‘lsa, YeOIIga kiramiz”


O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovning ma’lum qilishicha, ayni paytda O‘zbekiston hukumati Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqining imkoniyatlarini batafsil o‘rganmoqda. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

Moliya vazirining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston YeOII doirasidagi integratsiya jarayonlarining ijobiy va salbiy tomonlarini baholab chiqmoqda. “Menimcha, ijobiy tomonlar ko‘proq. Qaror qabul qilish bir kunda yoki bir oyda amalga oshiriladigan ish emas. Agar bu bizga foydali bo‘lsa, YeOIIga kiramiz”, — deb ta’kidlagan Jamshid Qo‘chqorov.

Mavzuga doir: Sodiq Safoyev: O‘zbekiston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilish imkoniyatlarini uch yildan beri o‘rganyapti

Bosh vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, respublika xalqaro hamkorlikni kengaytirishga tayyor.

“Har qanday mamlakat, shu jumladan, O‘zbekiston ham jahon iqtisodiyotiga, savdo munosabatlariga, qandaydir infratuzilma jarayonlariga integratsiya bo‘lishga intiladi. Atrofimizda yuz berayotgan jarayonlar, albatta, bizning e’tiborimizdan chetda qolmaydi va hisobga olinadi”, — deya qayd etgan moliya vaziri.

Avvalroq AQSh savdo vaziri O‘zbekistonning YeOIIga qo‘shilishi qanday oqibatlarni keltirib chiqarishi haqida gapirgan edi.

Mavzuga doir: Ilhom Ne’matov O‘zbekiston YeOII masalasida birinchi navbatda milliy manfaatlarga tayanishini ma’lum qildi

Shuningdek, O‘zbekiston 2022—2025-yillarda YeOIIga a’zo bo‘lib kirmoqchi ekanligi haqida xabar berilgan edi.

O‘zbekistonning mazkur ittifoqqa a’zo bo‘lishi mumkinligi haqida esa dastlab oktabr oyida Rossiyaning Federatsiyalar kengashi raisi Valentina Matviyenko ma’lum qilgan.

Mavzuga doir: O‘zbekiston va YeOII: iqtisodiy munosabatlar raqamlarda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-12-2019, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют