» » Xorazmda gaz uzilishlaridan charchagan ayollar norozilik bildirib, magistral yo‘lni to‘sib qo‘ydi

Xorazmda gaz uzilishlaridan charchagan ayollar norozilik bildirib, magistral yo‘lni to‘sib qo‘ydi


9-dekabr kuni Xorazm viloyati Shovot tumanidagi Chig‘atoyqal’a qishlog‘ining “Navro‘z” mahallasida yashovchi bir guruh fuqarolar tabiiy gaz ta’minotidan norozi bo‘lib, magistral yo‘lni namoyishkorona to‘sib qo‘ydi, deb xabar beradi “Xabar.uz”.

Ushbu hudud 2015-yildan buyon tabiiy gazdan uzib qo‘yilgan bo‘lib, aholi kuz-qish mavsumida ko‘mir va o‘tin bilan xonadonlarini isitadi. Tabiiy gaz yo‘qligidan norozi bo‘lgan mahalla aholisi katta serqatnov yo‘lni to‘sish bilan o‘z noroziliklarini namoyish qilgan. Ularning aksariyati ayollar.

Voqea joyiga Shovot tumani hokimi X.Otaxonov yetib borgan va masalaga oydinlik kiritish maqsadida namoyishchilar bilan muzokara muloqoti olib borgan. Ayollar kuz-qish mavsumi boshlangandan buyon suyultirilgan gaz ballonlari bilan ta’minlash masalasi ham e’tiborsiz qoldirilib kelinayotganidan shikoyat qilishgan.

“10-dekabr kuni Shovot tuman hokimi Hakimboy Otaxonov “Navro‘z” mahallasining 105 xonadonini suyultirilgan gaz ballonlari bilan ta’minlash choralarini ko‘rgan”, — deya xabar beradi Shovot tuman hokimligi matbuot xizmati.

Mavzuga doir:

Bunga qadar Andijon, Quva va Nukusda gaz ta’minotidagi uzilishlar sabab norozilik namoyishi o‘tkazilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-12-2019, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют