» » O‘zbekistonga import qilinadigan elektromobillarga qayta o‘rnatilgan bojxona boji bekor qilindi

O‘zbekistonga import qilinadigan elektromobillarga qayta o‘rnatilgan bojxona boji bekor qilindi


O‘zbekistonga olib kiriladigan elektr avtomobillarga qaytadan joriy qilingan bojxona boji bekor qilindi. Bu O‘zbekiston Prezidentining 9-dekabrdagi “Yo‘l sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan. Bunga Norma e’tibor qaratdi.

Qarorga ko‘ra, o‘zgarish TIF tovar raqami 870380 bo‘lgan, faqat elektr dvigatelida harakatga keltiriladigan transport vositalari importiga taalluqli.

Joriy yil boshidan elektromobillar importi bojxona bojidan, yozdan buyon esa aksiz solig‘idan ozod qilingan edi. Biroq 2019-yilning oktabr oyida chiqqan Prezident qaroriga asosan 2020-yil 1-yanvardan boshlab elektromobillar importi uchun 10 foizli bojxona boji joriy qilingan edi.

Prezidentining 9-dekabrdagi qarori esa oktabr oyida joriy qilingan 10 foizli bojxona bojini bekor qildi. Bundan buyon elektromobillarni bojxona boji va aksiz solig‘isiz import qilish mumkin. Faqat bojxona rasmiylashtiruvi uchun to‘lovni va QQSni to‘lash kerak bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-12-2019, 06:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют