» » 2020-yildan boshlab import qilingan shakar aksiz solig‘iga tortiladi

2020-yildan boshlab import qilingan shakar aksiz solig‘iga tortiladi


2020-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekistonga import qilingan shakar 20 foiz stavka bilan aksiz solig‘iga tortiladi. Bu hukumatning 2-oktabridagi qarori bilan tasdiqlangan, deb yozmoqda Spot.

Mazkur o‘zgarish tovar belgisi 170199 bo‘lgan, ta’m yoki rang beruvchi qo‘shimchalarsiz oq shakarga taalluqli. Ayni paytda aksiz solig‘i jadvalida 1701 guruhidagi tovarlar mavjud emas.

Shu bilan birga, yangi yildan boshlab oq shakar importi uchun 10 foiz stavka bilan bojxona boji ham joriy etiladi. Amalda bu guruhdagi mahsulotlar uchun nol foiz stavkali bojxona boji joriy qilingan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda shakarning narxi bilan bog‘liq holat barqaror ekanligi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda shakar 7 ming so‘mgacha ko‘tarildi. Bu iyul oyidayoq taxmin qilingandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-10-2019, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют