» » Ekoqovun. Ekopartiya vakilining propiska haqidagi fikri ijtimoiy tarmoqlarda hazil-mutoyibaga sabab bo‘ldi

Ekoqovun. Ekopartiya vakilining propiska haqidagi fikri ijtimoiy tarmoqlarda hazil-mutoyibaga sabab bo‘ldi


11-dekabr kuni Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro matbuot markazida bo‘lib o‘tgan Xalqaro press-klub sessiyasida ishtirok etgan O‘zbekiston ekologik partiyasi vakili Ulug‘bek Pirmuhammedov Toshkentga kelayotgan viloyatliklarni qayd etishning yangi tartibini joriy etishni taklif qildi.

“Fikrimizcha, fuqaro Toshkentga kelishidan oldin o‘zining hududidagi inspektordan ro‘yxatdan o‘tishi maqsadga muvofiq. Shunday tizim joriy etilsa, Toshkentda muammolarga uchrashining oldi olinadi”, – dedi partiya faoli.

Uning bu taklifi ijtimoiy tarmoqlarda tanqidiy va kinoyali munosabatlarga sabab bo‘ldi.

“Asanov formati” kanali yozmoqda:

Biz buni ancha kutdik. Deputatlar, hokimlar, amaldorlar, yana allakimlar qovun tushirishiga shunchalik o‘rganib qolibmizki, bir-ikki haftamiz tinch o‘tganiga zerikib ham qoldik. Lekin bu azamat jonimizga oro kirishga qaror qildi. O‘zini ayamadi, mardlik qildi.

Endi jiddiy gapiradigan bo‘lsak, bizdagi Ekopartiya haqiqiy yashil partiya emas. Butun dunyoda yashillar, alohida partiyalarga birlashganiga qaramay, siyosiy partiyalardan farq qiladi: ular odatda tabiatga befarq bo‘lmagan yoshlardan iborat bo‘ladi. Yashillar propiskani muhokama qilmaydi, ijtimoiy muammolarga aralashmaydi, shunchaki tabiatni asrash masalasini eng yuqori darajaga olib chiqadi. Yashillar kostyum-shim kiyib, zerikarli tadbirlar uyushtirmaydi. Ular o‘rmonlarda, tog‘larda yuradi, tabiatni asrash bilan shug‘ullanadi. Mamlakatga investitsiya kirsa yaxshi deb AES qurilishini yoqlamaydi. Ular uchun muhimi – tabiatni asrash. Ekopartiya byurokratlardan emas, idealistlardan iborat bo‘lishi lozim. Hozircha ularni O‘zbekistondagi boshqa partiyalardan ajratib bo‘lmayapti.

“Kapgir” kanali:

Qish. Sovuq. Ertalabdan turnaqator navbat. Mening navbatim sakson yettinchi. Yosh bolali ayollar kelyapti: “Iltimos, meni o‘tkazib yuboringlar, kasalxonaga borishim kerak”…

Kun yorishdi, navbat haliyam joyidan siljigani yo‘q. Keksaroq bir-ikki odam hushidan ham ketib qoldi. Tushga yaqin bitta Prado eshik tagiga kelib to‘xtadi. Ichidan bo‘yniga boshmaldog‘imning qalinligidek keladigan tilla zanjir taqib olgan uchastkovoy tushib keldi. Odamlar ikki chetga surilib, unga yo‘l bera boshlashdi. Xonaga kirar ekan, unvoni leytenant bo‘lgan nozir dedi: “Bitta-bittalab kirishlaring, kechagidek bardak qiladigan bo‘lsalaring, bugun birortang Toshkentga bormaysan…”

Facebook va Twitter ham qizg‘in muhokamalarga boy bo‘ldi.

Bloger Nurbek Alimov “Toshkentga ketish uchun grin kard o‘ynamoqchi”.

Bloger Nozim Safari “Tushungan tushundi” turkumida kinoyali post qoldirdi.

Davrada Twitter’chilar:

Saytimizda muxlislarimiz ham qiziq izohlar qoldirdi:

Yana Facebook’ka yuzlanamiz:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-12-2019, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 38) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют