» » O‘zbekistonda fuqarolarni vaqtinchalik ro‘yxatga qo‘yish tartibi soddalashtiriladi

O‘zbekistonda fuqarolarni vaqtinchalik ro‘yxatga qo‘yish tartibi soddalashtiriladi


11-dekabr, chorshanba kuni Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro matbuot markazida Xalqaro press klubning navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ishtirok etgan  Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi Shohrux G‘iyosovning ma’lum qilishicha, kelgusida fuqarolarni vaqtinchalik ro‘yxatga qo‘yish tartibi soddalashtiriladi.

“2021-yildan fuqarolarni vaqtinchalik ro‘yxatga qo‘yish tartibi soddalashtiriladi va fuqarolar elektron tartibda ro‘yxatga olinib, ID kartalardan foydalaniladi”, — dedi u.

Bundan tashqari “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi vakili propiska va ro‘yxatga olish tizimiga partiyaning munosabatini ma’lum qilgan.

“‘Adolat’ sotsial-demokratik partiyasi hozirgi fuqarolarni propiska va ro‘yxatga olish tizimidan norozi”, — deydi Kamola Hamidova.

Avvalroq ushbu tadbirda O‘zbekiston ekologik partiyasi vakili viloyatlardan Toshkentga kelayotgan fuqarolarni qayd etishning yangicha tartibini joriy etishni taklif qilgan edi.

Mavzuga doir: Ekologik partiya a’zosi Toshkentga kelayotgan viloyatliklarning o‘z hududidagi inspektor ro‘yxatidan o‘tishini taklif qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-12-2019, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют