» » Xavi boshchiligidagi “As-Sadd” klublar o‘rtasidagi JCh—2019 ni muvaffaqiyatli boshladi

Xavi boshchiligidagi “As-Sadd” klublar o‘rtasidagi JCh—2019 ni muvaffaqiyatli boshladi


Qatarda Klublar o‘rtasida Jahon Chempionatining 2019-yilgi musobaqasiga start berildi.

Musobaqa birinchi bosqichidan o‘rin olgan bahsda Qatarning “As-Sadd” klubi Yangi Kaledoniya vakili “Iagen”ni mag‘lubiyatga uchratdi.

Uchrashuvning 26-daqiqasida Bag‘dod Bunedja maydon egalarini oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Antuan Ruan hisobni tenglashtirishga erishdi. Shu hisob o‘yin yakuniga qadar saqlanib qoldi.

Natijada belgilangan qo‘shimcha bo‘limlarda qatarliklar ikkita to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Abdulkarim Hassan 100-daqiqada jamoasining ikkinchi golini urgan bo‘lsa, 114-daqiqada Pedru Migel yakuniy hisobni o‘rnatdi — 3:1.

Shu tariqa Xavi boshchiligidagi jamoa keyingi bosqichga yo‘l oldi va yarim final yo‘llanmasi uchun Meksikaning “Monterrey” jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Klublar o‘rtasidagi JCh—2019

Birinchi bosqich bahsi

11-dekabr, chorshanba

Gollar: 1:0 — 26 Bunedja, 1:1 — 46 Ruan, 2:1 — 100 Hassan, 3:1 — 114 Pedru Migel.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-12-2019, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют