» » Klublar o‘rtasidagi JCh—2019 musobaqasining barcha ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi

Klublar o‘rtasidagi JCh—2019 musobaqasining barcha ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi


Futbol bo‘yicha klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatining barcha ishtirokchilari nomi ma’lum bo‘ldi.

11—21-dekabr kunlari Qatarda bo‘lib o‘tadigan musobaqada yettita jamoa ishtirok etadi.

“Liverpul” (Angliya) — Yevropa Chempionlar Ligasi g‘olibi

“Flamengo” (Braziliya) — Libertadores Kubogi sohibi

“Monterrey” (Meksika) — KONKAKAF Chempionlar Ligasi g‘olibi

“Esperans” (Tunis) — Afrika Chempionlar Ligasi g‘olibi

“Iyengen Sport” (Yangi Kaledoniya) — Okeaniya Chempionlar Ligasi g‘olibi

“Al Hilol” (Saudiya Arabistoni) — Osiyo Chempionlar Ligasi g‘olibi

“As Sadd” (Qatar) — Qatar chempioni, mezbon jamoa

“Iyengen Sport” va “As Sadd” chorak final yo‘llanmasi uchun maydonga tushadi. Mazkur juftlik g‘olibi “Monterrey” bilan bahs yuritadi. Chorak final g‘olibi esa “Liverpul” bilan kuch sinashadi.

Yana bir ? final bahsi “Al Hilol” va “Esperans” o‘rtasida kechadi. Unda g‘olib chiqqan klub “Flamengo”ga qarshi o‘ynaydi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-11-2019, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют