» » Osiyo Chempionlar Ligasining 2019-yilgi mavsumiga qur’a tashlandi

Osiyo Chempionlar Ligasining 2019-yilgi mavsumiga qur’a tashlandi


22-noyabr, payshanba kuni Osiyo futbol konfederatsiyasining Kuala-Lumpurdagi bosh qarorgohida Osiyo Chempionlar Ligasining 2019-yilgi mavsumiga qur’a tashlandi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston klublari tushadigan guruhlar ma’lum bo‘ldi. Ma’lumot o‘rnida, OChLning kelasi mavsumi uchun O‘zbekistonga “1+2” ko‘rinishida yo‘llanma taqdim etilgan.

2018-yilgi O‘zbekiston chempioni yangi mavsum OChLda “B” guruhida ishtirok etadi. Ushbu guruhda “Al-Ittihod” (Saudiya Arabistoni) va “Al-Vahda” (BAA) klublari ham joy oldi. So‘nggi jamoa pley-offdan so‘ng ma’lum bo‘ladi. Da’vogarlar: “Ar-Rayyan” (Qatar), “Saypa” (Eron) va “Minerva Punjab” (Hindiston)

O‘zbekiston vitse-chempioni bo‘lgan klub Iroqning “Eyr Fors” va BAAning “Al Nasr” klublarini mag‘lub eta olsa, “D” kvartetidan joy oladi. Bu guruhda “Persepolis” (Eron), “Al-Sadd” (Qatar) va “Al Ahli” (Saudiya Arabistoni) klublari o‘rin olgan.

O‘zbekiston kubogi sohibi OKMK klubi agar “Istiqlol” (Tojikiston) va “An-Nasr” (Saudiya Arabistoni) klublarini mag‘lub etsa, “A” guruhida o‘ynaydi. Ushbu guruhda “Al-Vasl” (BAA) va “Al-Zavra” (Iroq) klublari bor. Yana bir jamoa nomi pley-off bosqichidan so‘ng ma’lum bo‘ladi. Da’vogarlar: “Al-Garafa” (Qatar), “Zob Ohan” (Eron), “Al-Vihdat” (Iordaniya) va “Kuvayt SK” (Kuvayt)

OChL-2019 guruh bosqichi

“A” guruhi

“Al-Vasl” (BAA)

“Al-Zavra” (Iroq)

Pley-off bosqichi 4 g‘olibi

Pley-off bosqichi 2 g‘olibi

“B” guruhi

“Al-Ittihod” (Saudiya Arabistoni)

“Al-Vahda” (BAA)

O‘zbekiston chempioni

Pley-off bosqichi 3 g‘olibi

“C” guruhi

“Al-Duhail” (Qatar)

“Al-Hilol” (Saudiya Arabistoni)

“Al-Ayn” (BAA)

“Istiqlol” (Eron)

“D” guruhi

“Persepolis” (Eron)

“Al-Sadd” (Qatar)

“Al-Ahli” (Saudiya Arabistoni)

Pley-off bosqichi 1 g‘olibi

“E” guruhi

Janubiy Koreya 3

“Joxor” (Malayziya)

Sharqiy pley-off 4 g‘olibi

Sharqiy pley-off 2 g‘olibi

“F” guruhi

“Guanchjou Evergrand” (Xitoy)

Janubiy Koreya 2

“Melburn Viktori” (Avstraliya)

Sharqiy pley-off 3 g‘olibi

“G” guruhi

Yaponiya 2 g‘olibi

Xitoy 2 g‘olibi

“Chonbuk Hyunday Motors” (Janubiy Koreya)

“Buriram Yunayted” (Tailand)

“H” guruhi

“Sidney” (Avstraliya)

“Kavasaki Fronteyl” (Yaponiya)

“Shanxay SIPG” (Xitoy)

Sharqiy pley-off 1 g‘olibi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-11-2018, 19:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют