» » Chempionlar ligasi. O‘zbekiston klublari g‘arb mintaqasidagi eng yomon natijani qayd etdi

Chempionlar ligasi. O‘zbekiston klublari g‘arb mintaqasidagi eng yomon natijani qayd etdi


Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar ligasining guruh bosqichiga yakun yasaldi. Unga ko‘ra, shu bosqichda ishtirok etgan 32 klubning teng yarmi nimchorak finalga yo‘llanma oldi.

O‘zbekiston chempioni “Lokomotiv” va mamlakat vitse-chempioni “Bunyodkor” guruh bosqichini so‘nggi o‘rinda yakunlab, 2017-yil hisobidan xalqaro maydondagi ishtirokini may oyining o‘zidayoq tugatib qo‘ya qoldi.

Bu G‘arbiy mintaqa mamlakatlari orasida eng yomon natija bo‘ldi. Eronning 3 ta, Saudiya va BAAning 2 tadan, Qatarning esa 1 ta klubi pley-offga yo‘llanma olgandi. O‘zbekistondan esa hech kim yo‘q.

Eron — 75 foiz
Guruhdan chiqqan: “Istiqlol”, “Istiqlol Xuziston”, “Persepolis”
Qolib ketgan: “Zob Ohan”

BAA — 50 foiz
Guruhdan chiqqan: “Al-Ayn”, “Al-Ahli”
Qolib ketgan: “Al-Vahda”, “Al-Jazira”

Saudiya — 50 foiz
Guruhdan chiqqan: “Al-Ahli”, “Al Hilol”
Qolib ketgan: “At-Taavun”, “Al-Fotih”

Qatar — 50 foiz
Guruhdan chiqqan: “Lahviya”
Qolib ketgan: “Ar-Rayyan”

O‘zbekiston — 0 foiz
Guruhdan chiqqan:
Qolib ketgan: “Lokomotiv”, “Bunyodkor”

Xitoy — 100 foiz
Guruhdan chiqqan: “Guanchjou Evergrand”, “Jiangsu Suning”, “Shanxay SIPG”
Qolib ketgan: —

Tailand — 100 foiz
Guruhdan chiqqan: “Muangtong Yunayted”
Qolib ketgan: —

Yaponiya — 75 foiz
Guruhdan chiqqan: “Kavasaki Frontale”, “Kashima Antlers”, “Urava Red”
Qolib ketgan: “Gamba Osaka”

Janubiy Koreya — 25 foiz
Guruhdan chiqqan: “Jeju Yunayted”
Qolib ketgan: “Suvon Samsung”, “Seul”, “Ulsan Xyunday”

Avstraliya — 0 foiz
Guruhdan chiqqan:
Qolib ketgan: “Brisben Roar”, “Vestern Sidney”, “Adelaida Yunayted”

Gonkong — 0 foiz
Guruhdan chiqqan:
Qolib ketgan: “Istrn”

Chempionlar ligasi reglamentiga ko‘ra, jamoalarning muvaffaqiyatsiz ishtiroki shu mamlakat kvotalariga ta’sir ko‘rsatadi. 2015 va 2016-yil O‘zbekistonga 3+1 kvotasi berilgan bo‘lsa, 2017 va 2018-yil uchun bu ko‘rsatkich 1+2 ga qadar qisqarib ketgandi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (11-05-2017, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют