» » O‘zbekiston klublari Chempionlar ligasini eng past ko‘rsatkich bilan boshladi

O‘zbekiston klublari Chempionlar ligasini eng past ko‘rsatkich bilan boshladi


Osiyo Chempionlar ligasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan “Lokomotiv” va “Bunyodkor” klublari 1-turda nafaqat g‘olib chiqa olmadi, balki raqiblar darvozasiga gol ham urmadi. Bu esa g‘arb mintaqasi mamlakatlari orasida eng past ko‘rsatkich, deb ma’lumot berdi “Championat.asia”.

Qatarda ham jamoalar soni 2 tani tashkil qiladi. Biroq ko‘rsatkich hozircha yuz foiz.

Saudiyaning to‘rt klubi jami 7 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘lgan, forslarda esa bu ko‘rsatkich 5 tani tashkil qildi.

Saudiya Arabistoni — “At-Taavun” (g‘alaba), “Al-Ahli” (g‘alaba), “Al-Hilol” (durang), “Al-Fotih” (mag‘lubiyat) — 7 ochko

Qatar — “Lahviya” (g‘alaba), “Ar-Rayyan” (g‘alaba) — 6 ochko

Eron — “Istiqlol Xuziston” (g‘alaba), “Persepolis” (durang), “Zob Ahan” (durang), “Istiqlol Tehron” (mag‘lubiyat) — 5 ochko

BAA — “Al-Ahli” (g‘alaba), “Al-Ayn” (durang), “Al-Jazira” (mag‘lubiyat), “Al-Vahda” (mag‘lubiyat) — 4 ochko

O‘zbekiston — “Lokomotiv” (O‘zbekiston), “Bunyodkor” (O‘zbekiston) — 0 ochko.

Sharq mintaqasida faqatgina Yaponiya va Xitoy klublari g‘alaba qozonishning uddasidan chiqa oldi. Chin o‘lkasi vakillari darvozasiga gol urish hozircha hech kimning qo‘lidan kelmadi.

Yaponiya — “Kashima Antlers” (g‘alaba), “Urava Red” (g‘alaba), “Gamba Osaka” (g‘alaba), “Kavasaki Frontale” (durang) — 10 ochko

Xitoy — “Shanxay SIPG” (g‘alaba), “Guanchjou Evergrand” (g‘alaba), “Jiangsu Sunin” (g‘alaba) — 9 ochko

Avstraliya — “Brisben Roar” (durang), “Vestern Sidney” (mag‘lubiyat), “Adelaida Yunayted” (mag‘lubiyat) — 1 ochko

Tailand — “Muangtong Yunayted” (durang) — 1 ochko

Janubiy Koreya — “Ulsan Xyunday” (mag‘lubiyat), “Seul” (mag‘lubiyat), “Suvon Samsung” (durang), “Jeju Yunayted” (mag‘lubiyat) — 1 ochko

Gongkong — “Istern” (mag‘lubiyat) — 0 ochko.

Опубликовано: admin (23-02-2017, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют