» » Qoraqalpog‘istonda o‘t o‘chiruvchi o‘z mashinasida mototsiklchini urib yubordi. Mototsiklchi hodisa joyida vafot etdi

Qoraqalpog‘istonda o‘t o‘chiruvchi o‘z mashinasida mototsiklchini urib yubordi. Mototsiklchi hodisa joyida vafot etdi


Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumanida YTH sodir etib, fuqaro o‘limiga sababchi bo‘lgan kapitanga jinoyat ishi ochildi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Tuman hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, jinoyat ishiga sabab bo‘lgan baxtsiz hodisa 4-dekabr kuni soat 18:00 larda sodir bo‘lgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligiga qarashli Taxtako‘pir tumani Yong‘in xavfsizligi bo‘linmasida katta inspektor lavozimida ishlayotgan kapitan J.Xojanov o‘zining avtomashinasida Taxtako‘pir—Nukus yo‘nalishi orqali harakatlanib borayotganida yo‘lning chap yo‘nalishida ketayotgan mototsikldagi fuqaroni orqa tomonidan kelib urgan.

Hodisa oqibatida mototsikl boshqaruvchisi B.Pirnazarov voqea joyida vafot etgan.

Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha Taxtako‘pir tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘limiga sabab bo‘lishi) bilan kapitanga jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ushbu moddada eng kam oylik ish haqining 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari jazosi belgilangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-12-2019, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют