» » “Atalanta” YChLda antiqa ko‘rsatkich qayd etdi

“Atalanta” YChLda antiqa ko‘rsatkich qayd etdi


“Atalanta” Yevropa Chempionlar Ligasining so‘nggi turida “Shaxtyor”ni mag‘lubiyatga uchratdi (3:0) va C guruhida ikkinchi o‘rinni egallagan holda pley-off bosqichiga yo‘l oldi.

Shu tariqa “Atalanta” guruhdagi dastlabki uchta o‘yinda mag‘lubiyatga uchrab keyingi bosqchiga yo‘l olgan ilk jamoaga aylandi. Bergamoliklar klubi Chempionlar Ligasi guruh bosqichining dastlabki uchta turida “Dinamo Zagreb” (0:4), “Shaxtyor” (1:2) va “Manchester Siti”ga (1:5) yutqazib qo‘ygandi.

Shunday natijaga 2002/03-yilgi mavsumda “Nyukasl” klubi ham erishgandi, biroq u vaqtda musobaqa reglamenti boshqacha bo‘lgan. Ingliz klubi birinchi guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, ikkinchi guruh bosqichiga yo‘l olgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-12-2019, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют