» » Rossiyadagi aeroportlarda chekish xonalarini tashkil qilish haqida qonun qabul qilindi

Rossiyadagi aeroportlarda chekish xonalarini tashkil qilish haqida qonun qabul qilindi


Rossiyda davlat dumasi mamlakatdagi aeroportlarda sigaret chekish xonalarini tashkil qilishni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini qabul qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Biroq Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur qonun hujjatiga qarshi chiqmoqda. Vazirlikning qayd etishicha, aeroportlarda chekish xonalarining qayta tashkil qilinishi chekuvchilar sonining ortishiga va u bilan bog‘liq kasalliklar sonining oshishiga olib keladi.

Qonun loyihasiga ko‘ra, aeroportlarda tashkil qilinadigan chekish xonalarining devorlari shaffof bo‘lmasligi kerak. Qonundan ko‘zlanayotgan maqsad jamoat joylariga toza havoni qaytarishdan iborat, chunki chekuvchilar baribir hojatxonalarda chekishni davom ettirmoqda.

Qayd etilishicha, chekuvchilar uchun maxsus joylar tranzit hududlarda, ro‘yxatdan va tekshiruvdan o‘tgan yo‘lovchilar uchun tashkil qilinadi. Bu xonalar boshqa yo‘lovchilardan ajratilgan va shamollatish tizimi bilan jihozlangan joylarda bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-12-2019, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют