» » Uzbekistan Airways’ning 2 ta qatnovi kechiktirildi, bittasi bekor qilindi

Uzbekistan Airways’ning 2 ta qatnovi kechiktirildi, bittasi bekor qilindi


Uzbekistan Airways ikkita qatnovi kechikish bilan amalga oshirilishi va bittasi bekor qilinishi haqida xabar berdi.

HY-606 (Moskva—Samarqand) qatnovining uchishi texnik sabablarga ko‘ra 12-dekabr soat 21:55 o‘rniga Moskva vaqti bo‘yicha 13-dekabr soat 01:55 da amalga oshiriladi. Yetib kelish vaqti soat 03:30 da emas, soat 07:30 da bo‘lishi kutilmoqda (mahalliy vaqt bo‘yicha).

HY-627 (Farg‘ona—Moskva) qatnovining uchishi ob-havo sharoitlari sababli 12-dekabr soat 17:40 dan 13-dekabr soat 11:50 ga ko‘chirildi.

HY-046 (Samarqand—Toshkent) qatnovi texnik sabablarga ko‘ra bekor qilindi. Ushbu qatnov yo‘lovchilari HY-042 qatnovi bilan 13-dekabr soat 21:15 da olib ketiladi.

“Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va tushunishingizdan umidvormiz”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-12-2019, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют