» » Ruhiy kasalliklar shifoxonasi Jumanazar akani g‘ayriixtiyoriy ravishda davolanishga muhtoj deb topdi

Ruhiy kasalliklar shifoxonasi Jumanazar akani g‘ayriixtiyoriy ravishda davolanishga muhtoj deb topdi


Ijtimoiy tarmoqda “o‘zga sayyoraliklar bilan uchrashgani” sabab mashhur bo‘lib ketgan Jumanazar Rahmonovning Namangan viloyati ruhiy asab kasalliklari shifoxonasi tomonidan tasdiqlangan kasallik tashxisi rasmi tarqaldi, deb yozmoqda “Sof.uz”.

Ekspertlar komissiyasi xulosasiga ko‘ra, Jumanazar Rahmonov yurish-turish, hayot tarzi, xatti-harakatlarida atrof-muhitdan qoniqmaslik, o‘zining gallyusinator-fantastik vasvasa g‘oyalari ta’sirida fantastik kechinmalari, davriy oneyroid ong buzilishlari, o‘zining fikrlarida qat’iy turishi, ayni vaqtdagi gallyusinator-fantastik kiritmalari, o‘zga olam, o‘zga sayyora haqidagi qat’iy fikrlari korreksiyaga tushmasligi, 1990-yilda ham yuqoridagi ruhiy buzilishlar kuzatilgani undagi “rekkurent shizofreniya, gallyusinator-fantastik vasvasa sindromi” tashxisini tasdiqlaydi.

Mavzuga doir: Jumanoidlar hujumi. O‘zga sayyoraga borib kelgan Jumanazar aka ijtimoiy tarmoqlarda trend bo‘ldi

“Shuning uchun Jumanazar Rahmonov aqli noraso deb topiladi. Ruhiy holatiga ko‘ra, Namangan viloyati ruhiy asab kasalliklari shifoxonasida g‘ayriixtiyoriy ravishda davolanishga muhtoj”, — deyiladi ekspertlar xulosasida.

Eslatib o‘tamiz, oktabr oyida o‘zga olam vakillari bilan uchrashgan otaxon paydo bo‘lgani haqidagi xabar o‘zbek internetini “portlatgandi”. Jumanazar aka noma’lum mavjudotlar bilan uchrashgani va ularning olamiga borib, tuzalmas dardlarga shifo topish yo‘llarini o‘rganib kelganini da’vo qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-12-2019, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют