» » Toshkent shahar ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasi restavratsiya qilinmoqda

Toshkent shahar ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasi restavratsiya qilinmoqda


Toshkent shahar ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasida qurilish va ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Bu haqda “Pisma o Tashkente” nashri xabar bermoqda.

“Prezident tashrifidan so‘ng bu yerda ish qaynamoqda. Yangi korpus qurilmoqda, boshqasi uchun kotlovan qazilmoqda, eski korpuslar esa bo‘shatilgan — ularni restavratsiya qilishadi. Bittasida allaqachon taraq-turuq ishlari bormoqda”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 26-iyun, Ramazon hayiti kuni Toshkent shahar ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasini borib ko‘rgan, shifoxonaning eski binolarini yangilash borasidagi loyihalar bilan tanishib, bemorlarga yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirgan edi.

O‘zA ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent shahar ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasi 1896-yilda qurilgan. Shifoxonada kasalliklar turi, davolash usullari, bemorlar holatiga ixtisoslashgan 18 bo‘lim tashkil etilgan. Klinik-biokimyo laboratoriyasi, rentgen, UTT, ensefalografiya, ekspertiza xonalari zarur vosita va malakali mutaxassislar bilan ta’minlangan. Shifoxona Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining ruhiy kasalliklar kafedralari uchun klinik baza hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-iyuldagi ruhiy-tibbiy xizmat faoliyatini takomillashtirishga oid qaroriga muvofiq, shifoxonada qurilish-rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmoqda. 2015-2016-yillarda 4 yangi bino foydalanishga topshirildi. Ikki qavatli yana bir korpus qurilmoqda.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (17-08-2017, 08:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют