» » Uchtepada oilaviy janjalni tinchitmoqchi bo‘lgan militsionerga mast fuqaro “kalla qo‘ydi”

Uchtepada oilaviy janjalni tinchitmoqchi bo‘lgan militsionerga mast fuqaro “kalla qo‘ydi”


Toshkent shahar Uchtepa tumani huquqbuzarliklarni oldini olish xizmati xodimi 16-aprel kuni o‘z xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda fuqaro O. unga nisbatan qarshilik ko‘rsatib, jiddiy tan jarohati yetkazdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBBda 27-aprel kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilindi.

Navbatchilik qismidan tushgan xabarga asosan ichki ishlar xodimi Zarafshon ko‘chasida joylashgan uyga borgan. Xonadonda mast fuqaro o‘z turmush o‘rtog‘i bilan janjallashayotgani aniqlangan.

Xodim fuqaroni militsiya tayanch punktiga olib kelib, oilaviy janjal sababini aniqlashtirib, fuqarodan tushuntirish xati olayotgan vaqtda, militsionerga erkak qarshilik ko‘rsatgan va boshi bilan uning yuz sohasiga zarb bergan.

Natijada militsionerning o‘ng yonoq suyagi singan, bosh miyasi chayqalgan va ko‘z osti gematomasi yuzaga kelgan. Xodimga Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasida yordam ko‘rsatilgan.

Holat yuzasidan prokratura idoralari tomonidan fuqaroga nisbatan Jinoyat Kodeksining 277-moddasi birinchi qismi, ya’ni bezorilik alomatlari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-04-2017, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют