» » Shavkat Mirziyoyev Vobkent tibbiyot birlashmasidagi qurilish-ta’mirlash ishlarini borib ko‘rdi

Shavkat Mirziyoyev Vobkent tibbiyot birlashmasidagi qurilish-ta’mirlash ishlarini borib ko‘rdi


Buxoro viloyatida tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vobkent tumani tibbiyot birlashmasi tizimida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari loyihasini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev: Xalqimizni rozi qilish uchun tibbiy xizmat sifati va samaradorligini yanada yuksaltirish kerak

Keyingi yillarda tuman tibbiyot birlashmasida qator qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan.

2014-yilda 250 qatnovga mo‘ljallangan ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika qurilgan. 2015-yilda har biri 30 o‘rinli bo‘lgan shoshilinch tibbiy yordam va rejali xirurgiya bo‘limlari binosi barpo etilgan. 2016-yilda 131 o‘rinli tug‘ruq kompleksi, bolalar va yuqumli kasalliklar bo‘limlari kapital ta’mirlangan.

Joriy yilda bu boradagi ishlarni davom ettirib, terapiya, zararsizlantirish, qon quyish, laboratoriya bo‘limlarini kapital ta’mirlash, patanatomiya bo‘limi, tozalash qurilmasi, dorixona va boshqa binolarni qurish rejalashtirilgan.

Shavkat Mirziyoyev qishloq vrachlik punktlarini optimallashtirishda aholining talablarini hisobga olish, ulardagi tibbiy jihozlardan unumli foydalanish, punktlarga malakali kadrlarni ishga jalb etish, kasalliklarni samarali davolash bilan birga ularni profilaktika qilish bo‘yicha zarur topshiriqlar berdi.

Mavzuga doir: Buxoro davlat tibbiyot institutining yangi o‘quv binosi va klinikasi qurilmoqda

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-03-2017, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют