» » Yunusobodlik II guruh nogironiga uy qurishi uchun 80 mln so‘m kredit ajratiladigan bo‘ldi

Yunusobodlik II guruh nogironiga uy qurishi uchun 80 mln so‘m kredit ajratiladigan bo‘ldi


Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida tashkil etilgan sayyor qabulda aholi sog‘liqni saqlash masalasida ham murojaat qilayotgani aniqlandi, deb xabar beradi O‘zA.

Ochiq muloqot natijasida yakkasaroylik buyragi xasta Karomat Toshbotirova Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasiga, uchinchi guruh nogironi Abdug‘ani Nosirov 59-oilaviy poliklinikaning kunduzgi statsionariga davolanish uchun yotqizildi.

Uchinchi guruh nogironi Mirxalil Mirrahimovni II guruh nogironligiga o‘tkazish, bosh miyaning surunkali kasalligi – epilepsiya bilan og‘riyotgan Vladimir Volkovga nogironlikni rasmiylashtirish, tibbiyot xodimasi Nasiba Qosimovani poytaxtga doimiy propiska qilish, Mohira Xo‘jayevaning qandli diabetdan aziyat chekayotgan 71 yoshli otasiga davolanish uchun order berish kabi masalalarni O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi tez kunda ko‘rib chiqadi.

“Olti sotix quruq yerim bor, o‘sha joyga uy qurish uchun kredit olish masalasida murojaat qildim, – deydi yunusobodlik II guruh nogironi Ziyovuddin Zaynuddinov. – Bank mutasaddilari men bilan suhbatlashib, 80 million so‘m atrofida kredit ajratadigan bo‘ldi”.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (22-04-2017, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют