» » Sirdaryolik otaxon: Ilgari davlat idoralari vakillari uyimizga kelib hol so‘rashini xayolga ham keltirmaganmiz

Sirdaryolik otaxon: Ilgari davlat idoralari vakillari uyimizga kelib hol so‘rashini xayolga ham keltirmaganmiz


O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Sirdaryo viloyati kengashi a’zolari Sayxunobod tumani “Paxtakor” QFY va Gulbuloq mahallasi fuqarolari bilan muloqot o‘tkazdi, deb xabar beradi O‘zA.

“Paxtakor” qishloq fuqarolar yig‘inida bo‘lgan muloqot davomida bir xonadonning maishiy-ijtimoiy muammolari o‘rganildi. Unda xonadon egasi, ikkinchi guruh nogironi Rahim Umarovning kasb-hunar kollejini bitirgan o‘g‘li Sobirjon vaqtincha ishsizligi sababli unga oilasida chorvachilik bilan shug‘ullanishi uchun tijorat bankidan kredit ajratilishiga ko‘maklashildi.

“Uyimizga sovg‘a yuborgan Prezidentimizdan behad minnatdormiz, – deb duo qildi Nurobod mahallasida yashovchi 91 yoshli Mamasoli Parpiyev. – Tibbiyot xodimlari kunda-kunora salomatligimdan xabardor bo‘lib turibdi. Ularning ham qo‘llari dard ko‘rmasin. Ilgari davlat idoralari vakillari uyimizga kelib hol so‘rashini, dard-u tashvishimizni eshitishi, moddiy-ma’naviy qo‘llab-quvvatlashi, muammolarimizga yechim topishini xayolimizga ham keltirmagan ekanmiz. Xalqning ayni ko‘nglidagi gaplarni amalda joriy qilayotgan davlatimiz rahbaridan juda xursandmiz”.

Kunning ikkinchi yarmida Sayxunobod tumani Gulbuloq mahallasida guruh vakillari ishtirokida aholi bilan muloqot tashkil etildi. Dastlab kam ta’minlangan fuqarolar o‘rtasida o‘tkazilgan tibbiy ko‘rik natijalari yuzasidan shifokorlarning yakuniy axboroti tinglandi. Sog‘liqni saqlash sohasidagi mavjud muammolar, takliflar mutasaddilarga taqdim etilib, deputatlar nazorati o‘rnatildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda imkoniyati cheklangan insonlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, shifoxona va sanatoriyalarda davolanishi, tibbiy protez-ortopediya vositalari bilan ta’minlanishiga amaliy yordam ko‘rsatildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-04-2017, 07:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют