» » Toshkentda Yangi yil bayrami munosabati bilan 91 va 115-yo‘nalishdagi avtobuslar harakati yo‘nalishida o‘zgarish bo‘ladi

Toshkentda Yangi yil bayrami munosabati bilan 91 va 115-yo‘nalishdagi avtobuslar harakati yo‘nalishida o‘zgarish bo‘ladi


Toshkent shahrida Yangi yil bayrami tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan bayram tantanalari o‘tkaziladigan maydonlarda erkin harakatlanishni ta’minlash maqsadida aksariyat ko‘chalarda transport vositalari uchun harakatlanish vaqtincha cheklanadi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Istiqlol ko‘chasining Zarafshon ko‘chasidan Amir Temur ko‘chasigacha bo‘lgan qismida avtomobillar vaqtincha harakatlanmaydi. Shu jumladan, hududdan o‘tuvchi 91 va 115-yo‘nalish avtobuslari ham o‘z harakatini ma’lum masofaga o‘zgartiradi.

Mavzuga doir: Yangi yil bayrami munosabati bilan Toshkentdagi ba’zi ko‘chalar 10-yanvargacha yopiladi

Mazkur ikki yo‘nalish avtobuslari Chorsu savdo markazidan qaytishda “Markaziy ofitserlar uyi” bekatini chetlab o‘tgan holda, Navoiy va Amir Temur ko‘chalari orqali harakatlanadi.

Avvalroq Toshkent shahar hokimligi shahar markazidagi ba’zi ko‘chalarida bayram munosabati bilan qariyb bir oyga transport harakati cheklanishini ma’lum qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-12-2019, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют