» » LG Electronics MDH davlatlari uchun yangi texnikalarini namoyish etdi

LG Electronics MDH davlatlari uchun yangi texnikalarini namoyish etdi


LG Electronics kompaniyasi Moskvadagi Lotte mehmonxonasida 2017-yildagi texnika modellarini taqdim etdi. Ular orasida noyob OLED-televizorlar, diagonali 43 dan 86 dyuymgacha bo‘lgan SUPER UHD, UHD va FHD televizorlari bor. Audio mahsulotlardan esa DJ-effektlarga ega bo‘lgan X-Boom superkuchli minitizimlar, yangilangan saundbarlar va simsiz portativ kolonkalar taqdim etildi. Bundan tashqari, yangi monitorlar ham namoyish etildi. Ular orasida bukilgan ekranga ega 38 dyuymlik UltraWide, 4K va 5K yangi modellari, lazerli proyektor bor.

LG’ning OLED va ULTRA HD televizorlari: Tasvir va tovush uyg‘unligi

LG’ning 2017-yildagi OLED televizorlari Dolby Vision (SB) HDR-texnologiyaga ega bo‘lib, bu orqali ajoyib yorqinlik, qarama-qarshilik va boyitilgan ranglarga ega bo‘lish mumkin. Tomoshabin shuning yordamida tomosha qilingan mahsulotdan butunlay yangicha taassurot oladi.

 

LG kompaniyasi 4K televizorlarning SUPER UHD segmentida Nano Cell zamonaviy texnologiyasiga ega modellarni ham taqdim etdi. U yaxshilangan detallashtirish, ranglar aniqligi va ko‘rish burchaklarining kengligi tufayli haqiqatga juda yaqin tasvirni ta’minlab beradi. SK-televizorlar bozorining rivojlanishi kengaytirilgan hamda milliardlab ranglarga ega bo‘lgan rang gammasi atrofida jisplashgan. LG’ning SUPER UHD televizorlari SK paneldagi nano-zarralarga biriktirilgan displeydan foydalanadi. Bu rang uzatishning yuqori aniqligi va tasvirning ajoyib sifatiga erishish imkonini berdi.

LG’ning yangi SUPER UHD televizorlarida ajoyib tovush tizimi o‘rnatilgan bo‘lib, u professional tovush qurilmalari ishlab chiqarish bo‘yicha dunyo yetakchilaridan biri harman / kardon®’dan “Tovush chiqarishning oliy sifati” sertifikatini olgan.

LG’ning 2017-yildagi barcha yangi modeldagi televizorlari webOS 3.5 yaxshilangan dasturiy tizimida ishlaydi.

LG’dan saundbarlar: O‘zgacha uslubga ega bo‘lgan korpusdagi immersiv tovush

LG SJ9 saundbari Dolby Atmos® texnologiyasida ishlaydi, u tovush obyektlarini uch o‘lchovli bo‘shliqda aniqlik bilan joylashtirish va o‘zgartirish imkonini beradi. Bunda hattoki tomoshabin boshi ustidagi qism ham qamrab oladi. Bundan tashqari, yangi saundbarlar FLAC, WAV va ALAC kabi yuqori sifat shakllarida raqamli fayllarni taqdim etishi mumkin. Siz o‘zingizni xuddi studiyada yozilayotgan tovushni eshitayotganingizdek his etasiz. Shuningdek, yangi saundbarlar 4K tasvirni televizorga sifatni yo‘qotmay turib berish imkoniga ega.

LG PJ9 ajoyib Bluetooth-kolonkasi

LG PJ9 kolonkasi simsiz sabvufer ustida joylashgan bo‘lib, ajoyib vizual effektni beradi. Model 360 darajali tovush hajmini ta’minlab beradi hamda to‘xtovsiz 10 soat davomida ishlashga mo‘ljallangan.

LG’dan yangi monitorlar va proyektorlar: Sifatli tasvir va innovatsion texnologiyalar

LG Electronics IT-qarorlari 38 darajali egiluvchan ekran va QHD+ kenglikka ega UltraWide monitori, professionallar talabiga javob beruvchi 5K kenglikka ega monitorlar bilan taqdim etildi.

Bundan tashqari, LG stendida LG ProBeam proyektori, uy kinoteatri uchun juda ham qulay keluvchi HF80J modeli ham taqdim etilgan. U yuqori texnologiyali lazer bilan jihozlangan bo‘lib, 2 000 lyumenga qadar bo‘lgan yorug‘lik oqimini yuzaga keltirishi mumkin. Bu esa tomoshabinga videoni juda yorug‘ bo‘lgan xonada ham ko‘rishiga to‘sqinlik qilmaydi. Bu proyektorni Bluetooth orqali istalgan audioqurilmaga ulash mumkin, model Miracast standartiga ega.

LG’dan B2B-qarorlar

LG noyob ikki tomonlama displey Dual-View Flat OLED’ning 55EH5C modelini namoyish etdi. U qalinligi 9 millimetrdan kamroq bo‘lgani holda axborot mahsulotini ikki tomondan ko‘rsatish imkoniga ega, uni shiftga, devorga yoki stolga joylashtirish mumkin. Ekranning har ikki tarafidagi tasvir o‘z o‘rnini almashtirishi mumkin hamda bunda ko‘zguli tasvirni uzatish ishga tushirilish imkoni bor.

Bundan tashqari, LG 86” hajmga ega professional displeyni ko‘rsatmoqda, u ajoyib shakl va tomonlar nisbatiga ega bo‘lib, bu uni chakana savdoda, aeroportlar, vokzallar va boshqa transport markazlari navigatsiya tizimlarida, shuningdek, muzeylar, savdo va biznes-markazlarida keng tarzda qo‘llanishini ta’minlaydi. B2B mahsulotlar ichida 49WEC shaffof ekranga ega muzlatgich ham bor. U chakana savdoda mahsulotga ko‘proq e’tiborni jalb eta oladi.

Rekmala huquqi asosida

Опубликовано: admin (6-04-2017, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют