» » APL. Salohning dubli “Liverpul”ga g‘alaba keltirdi (video)

APL. Salohning dubli “Liverpul”ga g‘alaba keltirdi (video)


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasining 17-turi doirasida Yurgen Klopp qo‘l ostida “Liverpul” “Enfild”da “Uotford”ni sinovdan o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida Mersisayd klubi yetakchilaridan Muhammad Saloh 38 va 90-daqiqalarda ikki bor Ben Foster qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qildi.

Shu tariqa “Liverpul” o‘z maydonida kechgan bahsda “Uotford” ustidan 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi va navbatdagi 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng musobaqa jadvalida peshqadamlik qilayotgan “qizillar” ochkolari sonini 49 taga yetkazdi. “Uotford” esa 9 ochko bilan so‘nggi o‘rinni egallab turibdi.

Ma’lumot uchun, o‘yinning 59-daqiqasida mezbon jamoa yarim himoyachisi Jorjinyo Veynaldum jarohat oldi va uning o‘rniga Endryu Robertson zaxiradan maydonga tushdi.

APL

17-tur bahsi

14-dekabr, shanba

Gollar: 1:0 — 38 Saloh, 2:0 — 90 Saloh

“Liverpul”: Alisson, Aleksander-Arnold, Gomes, van Deyk, Xenderson, Milner, Shaqiri (Oksleyd-Chemberlen, 70), Veynaldum (Robertson, 59), Mane, Salax, Firmino (Origi, 88)

“Uotford”: Foster, Femeniya, Ketkart, Mariappa, Kabasele, Kapu, Dukure (Kina, 87), Xyuz, Sarr, Dini (Grey, 75), Deulofeu

Ogohlantirishlar: Xyuz (24), Xenderson (43), Milner (57)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-12-2019, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют