» » Levandovski Bundesliga tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida Yupp Xaynkesga yetib oldi

Levandovski Bundesliga tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida Yupp Xaynkesga yetib oldi


“Bavariya” jamoasi futbol bo‘yicha Germaniya chempionatining 15-turi doirasida “Verder”ni 6:1 hisobida yengdi.

Uchrashuvda myunxenliklar yetakchisi Robert Levandovski dublga erishdi. Natijada polshalik 31 yoshli hujumchi Bundesliga tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Endi Robertning hisobida Bundesliga o‘yinlarida urilgan 220 ta gol bor. Levandovski mazkur pog‘onani Myunxengladbaxning “Borussiya” klubi sobiq hujumchisi Yupp Xaynkes bilan bo‘lishib turibdi.

Musobaqa tarixidagi eng yaxshi to‘purar esa Gerd Myuller. Uning hisobida 365 ta gol bor. Ikkinchi o‘rin esa 268 ta gol urgan Klaus Fisherga tegishli.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-12-2019, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют