» » O‘zbekistonda prokuror qarori ustidan sudga shikoyat qilish tartibi joriy etiladi

O‘zbekistonda prokuror qarori ustidan sudga shikoyat qilish tartibi joriy etiladi


Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram kanali ma’lum qildi.

Qaror bilan Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Konstitutsiya va qonun ustuvorligini, davlat organlari qarorlari, mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari qonunlarga to‘liq muvofiq bo‘lishini ta’minlash, qonunlar ijrosini samarali tashkil etish dasturini amalga oshirishning asosiy maqsadlaridan biri etib belgilandi.

Shuningdek, qarorga muvofiq 2020-yil 1-martdan boshlab:

aholi maskanlarining me’moriy qiyofasini tubdan yangilash va obodonlashtirish, ularda kompleks qurilish va rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirishga oid qarorlar dastlab o‘sha hududdagi aholi o‘rtasida muhokama qilinib, jamoatchilik ekspertizasidan o‘tkaziladi;

jismoniy va yuridik shaxslarga yer ajratish haqidagi hujjatlar qabul qilinganidan (rasmiylashtirilganidan) keyin 1 kun muddatda tegishli hokimliklarning rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi;

2020-yil 1-apreldan boshlab:

shaxsni ushlash, unga protsessual huquqlarini tushuntirish, himoyachidan voz kechish harakatlarini majburiy tarzda video tasvirga tushirish tartibi joriy etiladi;

huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan shaxs ushlanganda uning ushlangani va ushlab turilgan joyi to‘g‘risida uning oila a’zolariga, ular bo‘lmagan taqdirda esa boshqa qarindoshlarini yoki yaqin kishilarini darhol xabardor qilish bo‘yicha majburiyat yuklanadi;

2020-yil 1-iyuldan boshlab huquqni cheklaydigan protsessual majburlov choralarni qo‘llash, jumladan, shaxsni ushlab turish holatlari yagona elektron hisobga olish tizimiga kiritib boriladi.

Bundan tashqari, 2020-yil 1-mayga qadar:

prokuror, surishtiruvchi yoki tergovchining jinoyat ishini qo‘zg‘atish, jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish, taftish tayinlash, surishtiruv yoki dastlabki tergovni to‘xtatish va jinoyat ishini tugatish haqidagi qarorlari ustidan manfaatdor shaxslar tomonidan bevosita sudga shikoyat qilish;

sud ishlarini hal etishga aralashish, jumladan, ishning har tomonlama, to‘la va xolisona o‘rganilishiga to‘sqinlik qilish, adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarilishiga erishish maqsadida sudyaga turli shaklda ta’sir o‘tkazish holatlari bo‘yicha javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihalari ishlab chiqiladi.

2020-yil 1-mayga qadar advokatura institutini yanada takomillashtirish va advokatlar mavqeini tubdan oshirish bo‘yicha:

Advokatura institutini rivojlantirish konsepsiyasi;

Adliya vazirligining Advokatlar palatasi faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan vakolatlarini qayta ko‘rib chiqish orqali ushbu tuzilmaning roli va ahamiyatini yanada oshirish;

tergovchi, prokuror va sud tomonidan davlat hisobidan advokatlarni jalb qilish mexanizmini xalqaro standartlar asosida qayta ko‘rib chiqish;

advokatlar uchun qo‘shimcha imtiyozlar belgilashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihalari ishlab chiqiladi.

Shuningdek, Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 1-martga qadar Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasini 2020—2021-yillarda samarali amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-12-2019, 06:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют