» » Astraxanda politsiyachilar o‘ldirilishida gumon qilingan 4 kishi yo‘q qilindi

Astraxanda politsiyachilar o‘ldirilishida gumon qilingan 4 kishi yo‘q qilindi


Astraxanda politsiyachilar o‘ldirilishida gumon qilingan 4 kishi yo‘q qilindi. Bu haqda “Rosgvardiya” viloyat boshqarmasi vakili ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

“Gumonlanuvchilardan biri ‘Rosgvardiya’ postiga hujum chog‘i o‘ldirildi, ikkinchisi olingan jarohatlar tufayli halok bo‘ldi. Yana ikki kishi qurshab olindi va yo‘q qilindi. Jangchilarimiz orasida yo‘qotishlar yo‘q”, — deya ta’kidladi “Rosgvardiya” vakili. 

Keyinchalik viloyat gubernatori Aleksandr Jilkin yana ikki kishi qo‘lga olingani bildirildi. 

“Rosgvardiya” postiga 6-aprel, payshanbaga o‘tar kechasi hujum uyushtirildi: jangchilar avtomobildan o‘qqa tutilgan. Jarohat olgan 3 nafar jangchi Balashixadagi harbiy kasalxonaga yetkazildi, yarasi og‘ir bo‘lgan politsiyachi Astraxanda operatsiya qilindi. 

Postga hujum qilgan shaxslar Astraxanda 4-aprel kuni politsiyachilar o‘ldirilishiga aloqador ekanligi ma’lum bo‘ldi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (6-04-2017, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 13) ( 0) ( 12) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют