» » Urgut hokimi tumanning eng chekka qishlog‘ida oilasi bilan bir kecha tunadi

Urgut hokimi tumanning eng chekka qishlog‘ida oilasi bilan bir kecha tunadi


Urgut tumani hokimi Mamatjon Turdiyev oilasi bilan qish faslida tog‘li hududda yashayotgan aholining turmush tarzini o‘rganish bir tun qishloqda mehmon bo‘ldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Tuman hokimi ikki nafar farzandi va turmush o‘rtog‘i bilan Soyg‘o‘sda qish fasli hayoti bilan yaqindan tanishdi.

Soyg‘o‘s tumanning eng chekka tog‘li hududi, oxirgi qishlog‘i hisoblanadi, bu yerda 5 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi.

“Qishloq ahli odamlariga ta’zim qilaman. Meni va oilamni samimiy, yurakdan qabul qilganlari uchun. Qishloqlarda muammolar ham yetarli, hokimlikning bu yerlarda amalga oshiradigan ishlari talaygina. Qishloq ahli bilan kengashib, o‘zim bajarishim kerak bo‘lgan ishlar chora-tadbirlarini belgilab oldim. Rejalar tuzdim“, — deydi Urgut tuman hokimi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-12-2019, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют