» » Buxoroning Peshku tumanida 11 ta kam ta’minlangan oilaga issiqxona qurib berilmoqda

Buxoroning Peshku tumanida 11 ta kam ta’minlangan oilaga issiqxona qurib berilmoqda


Buxoro viloyatining eng chekka hududlaridan bir— Peshku tumani Zaxkash qishlog‘ida qurilish-ta’mirlash, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari avj pallada, deb yozadi “Xalq so‘zi”.

“Bu yerda yo‘lsozlar, elektr energiyasi tizimi mutaxassis-u ishchilari, obodonchilik idorasi xodimlari, quruvchilar va qudratli texnika vositalari jamlangan. O‘zgarishlardan shu qishloqda yashovchi turli millatga mansub 1700 nafar aholi xursand”, — deyiladi xabarda.

“Viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturiga muvofiq, 11 ta kam ta’minlangan oilaga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishlari uchun issiqxona qurib berilayapti. To‘rtta xonadonning har bir uyi tom qismini yopish uchun 15 million so‘mdan mablag‘ yo‘naltirilayapti. Nogironligi bor ikki fuqaroga esa aravacha ajratiladi”, — deydi tuman hokimligi mas’ul xodimi Omonjon Ergashev.

Xabarda qayd etilishicha, qishloq ayollari Buxoro neftni qayta ishlash zavodining kasanachilik markaziga ishga qabul qilinmoqda. Buning uchun ularga 100 ta tikuv mashinasi beriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2018, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют