» » Xitoyda O‘zilning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bloklandi va fan klubi yopildi, TV esa “Arsenal” nomini ishlatmayapti

Xitoyda O‘zilning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bloklandi va fan klubi yopildi, TV esa “Arsenal” nomini ishlatmayapti


Xitoy hukumati “Arsenal” futbol klubi yarim himoyachisi Mesut O‘zilning harakatidan norozi bo‘lib qolmoqda.

The Telegraph xabariga ko‘ra, Xitoyning davlatga tegishli OAV “Arsenal” O‘zilning tviti yuzasidan kechirim so‘ramaguniga qadar klub nomi taqiq ostida bo‘lishini londonliklarga ma’lum qilgan.

Bundan tashqari, O‘zilning Xitoy ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalari bloklangan, 30  ming obunachiga ega “M10” nomli fan-klub esa tarqatib yuborilgan. Shuningdek, Xitoy hukumati qidiruv tizimlaridan O‘zilning nomini olib tashlashni buyurgan.

Mavzuga doir: Mesut O‘zil: Ular Qur’onni yoqmoqda, masjid, maktab va dinga oid tashkilotlarni yopmoqda

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zil Xitoyning uyg‘urlarga nisbatan qo‘llayotgan siyosatini keskin tanqid ostiga olgandi. “Arsenal” esa bu futbolchining shaxsiy fikri ekanini aytib, bu borada munosabat bildirishdan bosh tortgan. Keyinchalik Xitoyda “Arsenal”ning “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘yini efirga uzatilmagan edi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-12-2019, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 43) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют