» » “Arsenal” Mesut O‘zilni sotib yuborishga tayyor

“Arsenal” Mesut O‘zilni sotib yuborishga tayyor


Londonning “Arsenal” klubi germaniyalik yarim himoyachi Mesut O‘zilni sotish bo‘yicha variantlarni ko‘rib chiqishga tayyor. Bu haqda London Evening Standard xabar berdi.

“Arsenal” uchun eng katta muammolardan biri shuki, hamma klub ham O‘zilning maosh bo‘yicha talablarini to‘liq qondira olmaydi.

Avvalroq O‘zil “Arsenal”da o‘zini baxtli his qilayotgani haqida ma’lum qilgandi. Shuningdek, uning agenti ham Mesut kamida shartnoma muddati yakuniga yetguniga qadar “to‘pchilar”da to‘p suradi.

Ma’lumot uchun, futbolchining klub bilan tuzgan shartnomasi 2021-yilgacha amal qiladi. O‘zil klubda haftasiga 350 ming funt maosh oladi (440 ming AQSh dollari).

Eslatib o‘tamiz, Mesut 2018/2019-yilgi mavsum Premyer ligada 24 ta uchrashuv o‘tkazib, 5 ta golga mualliflik qildi va 2 ta golli pas berdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют