» » Sanches hamda O‘zilning goli “Arsenal”ni APL turnir jadvalida bir pog‘ona ko‘tardi

Sanches hamda O‘zilning goli “Arsenal”ni APL turnir jadvalida bir pog‘ona ko‘tardi


Angliya Premyer-ligasining 33-turi “Arsenal” ishtirokidagi o‘yin bilan yakuniga yetdi.

Mazkur turda “Byornli” ustidan 3:1 hisobida zafar quchgan “Everton” turnir jadvalida Arsen Venger jamoasidan o‘zib ketgandi. Dushanba oqshomida “to‘pchilar” vaziyatni o‘nglashga muvaffaq bo‘ldi.

Ligada jon saqlab qolish uchun kurash olib borayotgan “Midlsbro” mehmoni bo‘lgan London klubi 2:1 hisobida zafar quchdi. Aleksis Sanches hamda Mesut O‘zil tomonidan kiritilgan gollarga mezbonlardan Alvaro Negredo javob qaytardi.

Qolgan 5 ta tur davomida “Arsenal” mavsumni hech bo‘lmaganda kuchli to‘rtlikda yakunlash uchun harakat qilib ko‘radi.

Angliya Premyer-ligasi
33-tur o‘yini
17-aprel, dushanba

Gollar: Aleksis Sanches, 42 (0:1). Alvaro Negredo, 50 (1:1). Mesut O‘zil, 71 (1:2).

Опубликовано: admin (18-04-2017, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют