» » “Arsenal” mag‘lub bo‘ldi va “Everton” unga yetib oldi. Shekspirning “Lester”i yurishida davom etdi

“Arsenal” mag‘lub bo‘ldi va “Everton” unga yetib oldi. Shekspirning “Lester”i yurishida davom etdi


Angliya Premyer-ligasining 29-turiga kelib Londonning “Arsenal” klubi mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi. “Vest Bromvich” maydoniga tashrif buyurgan “to‘pchilar” 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Uchrashuvda Mesut O‘zil jamoasiga yordam bera olmagan bo‘lsa, Petr Chex birinchi bo‘limda jarohat olib, maydonni erta tark etdi.

London klubining ochko yo‘qotishidan “Everton” unumli foydalandi hamda “Xall Siti”ni yirik hisobda mag‘lub etib, ochkolar soni bo‘yicha Venger shogirdlari bilan tenglashib oldi.

Chempionlik uchun asosiy da’vogar hisoblangan “Chelsi” esa mazkur turda ham 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. “Stok Siti” maydonida bahs olib borgan “aristokratlar”ni ochko yo‘qotishdan so‘nggi daqiqalarda himoyachi saqlab qoldi.

Mamlakatning amaldagi chempioni “Lester” ketma-ket uchinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Shekspir boshqaruvida “tulkilar” har uch o‘yinda ham uchtadan gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Jamoa, shuningdek, Chempionlar ligasida “Sevilya”ni 2 ta gol farqi bilan mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgandi.

Angliya Premyer-ligasi
29-tur
18-mart, shanba

Gollar: Kreyg Douson, 12 (1:0). Aleksis Sanches, 15 (1:1). Robson-Kanu, 55 (2:1). Kreyg Douson, 75 (3:1).

Gollar: Riyod Mahrez, 5 (0:1). Robert Xut, 7 (0:2). Manuel Lansini, 20 (1:2). Jeymi Vardi, 39 (1:3). Andre Ayyu, 63 (2:3).

Gol: Troy Dini, 68-avt (1:0).

Gollar: Villian, 13 (0:1). Jonatan Uolters, 38-pen (1:1). Geri Kexill, 87 (1:2).
Chetlatish: Fillip Bardsli, 90+5 (S).

Gollar: Dominik Kalvert-Levin, 9 (1:0). Enner Valensiya, 79 (2:0). Romelu Lukaku, 90+1 (3:0). Romelu Lukaku, 90+4 (4:0).
Chetlatish: Tom Xaddlstoun, 73 (X).

Gollar: Alfi Mouson, 31-avt (1:0). Benik Afobe, 72 (2:0).

19-mart, yakshanba
“Midlsbro” — “Manchester Yunayted” — 17:00
“Tottenhem” — “Sautgempton” — 19:15
“Manchester Siti” — “Liverpul” — 21:30

Опубликовано: admin (19-03-2017, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют